HUMANS Visa bank kartalari

HUMANS Visa bank kartalari

HUMANS kartasini olishga ulgurdingizmi? Faollashtirish holatini bilib oling

HUMANS Visa bank kartasini Rossiyada chiqarilgan karta bilan qanday to'ldirish mumkin?

  1. HUMANS ilovasini yuklab oling
  2. Avtorizatsiyadan o'ting va "Xorijiy o'tkazmalar" bo'limiga kiring.
  3. "Karta bo'yicha" yoki "telefon orqali" hisobni to'ldirish uslubini tanlang. Telefon orqali o'tkazmada siz kontaktlar ro'yxatidan qabul qiluvchini tanlashingiz mumkin.
  4. O'tkazma uslubi va qabul qiluvchiga oid ma'lumotlar kiritilganidan so'ng siz uning ismi va familiyasini ko'rasiz. Bu esa mablag o'tkazishda xatoliklarga yo'l qo'yishning oldini oladi.
  5. "Summa, UZS" maydonchasiga qabul qiluvchiga jo'natmoqchi bo'lgan mablag' miqdorini kiriting. Bu maydoncha ostida siz rublda yechiladigan pul miqdorini ko'rishingiz mumkin. Bundan tashqari, o'tkazma amalga oshirilganidan so'ng oluvchi hisobiga o'tkaziladigan keshbek ko'rsatiladi.
  6. Barcha ma'lumotlar bilan tanishib chiqqaningizdan so'ng o'tkazma amalga oshiriladigan karta ma'lumotlarini kiritish uchun ekranga o'tish maqsadida "Keyingisi" tugmachasini bosing. Jo'natuvchining karta ma'lumotlari – karta raqami, karta egasining ismi va familiyasi, tugash muddati, CVV kodni kiriting.
  7. Pul o'tkazmasini SMS orqali kelgan kodni kiritish bilan yakunlang va jarayon muvaffaqiyatli o'tganligini tasdiqlovchi ishorani kuting.

Kartaning PIN-kodini unutsangiz va u blokka tushib qolsa, nima qilish mumkin?

Kartaning PIN-kodini almashtirish uchun:

  1. «Karta sozlamalari» bo‘limiga kiring;
  2. «PIN-kodni almashtirish» tugmasini bosing;
  3. PIN-kod almashtirilganidan keyin amalga oshirilishi kerak bo‘lgan harakatlar haqida ma’lumot bilan tanishing;
  4. Yangi PIN-kodni kiriting. Zarur bo‘lsa PIN-kodni o‘zgartirish bo‘yicha tavsiyalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin;
  5. Yangi PIN-kodni qaytadan kiriting;
  6. PIN-kod almashtirilishini tasdiqlang.