Aloqa, komissiyasiz o'tkazmalar, bank kartasi, xaridlar, keshbek | HUMANS Borku. Bemalol Aloqada.

Humans Oʻzbekistonda 2 yil xizmat koʻrsatmoqda

Yangiliklar

Humans Oʻzbekistonda 2 yil xizmat koʻrsatmoqda

Oʻtgan vaqt mobaynida biz hayotni qulaylashtiruvchi ekotizimni yaratdik. Unga mobil aloqa, moliyaviy xizmatlar, xaridlar uchun vitrina va keshbek-servis kiradi.

2 yil ichida 2 million nafar Oʻzbekiston aholisi bizning foydalanuvchimizga aylandi. Oldinda Yevropa bozoriga chiqish boʻyicha katta rejalarimiz bor.

Biz oʻsishda va xizmatlarimizni takomillashtirishda davom etamiz. Yaqin fursatda biz aloqa xizmatlaridan bepul — keshbek evaziga foydalanish imkonini yaratdik; 25 000 UZSdan boshlangan narxda cheksiz internet taqdim etyapmiz; butun dunyoda ishlaydigan Humans VISA kartasini rasmiylashtiryapmiz; Rossiyadan Oʻzbekistonga komissiyasiz va keshbek bilan pul oʻtkazishga yordam beryapmiz.

Oʻzbekistonda endigina biznesimizni boshlaganimizda, bizda atigi 52 ta savdo nuqtasi va 110 nafar xodimimiz bor edi. Hozirda esa shaxsiy nuqtalarimizning soni 174 ga, dilerlik nuqtalari 960 ga va xodimlar soni 301 nafargacha yetdi.

Bularning barchasiga sizlar — mijozlar, xodimlar va hamkorlar tufayli erishishga muvofiq boʻldik.

Tez orada...

Keshbek nafaqat ilova, balki Humans VISA orqali qilingan xaridlar evaziga ham qaytariladi. Keshbekning oʻzi esa yangi imkoniyatlarga ega boʻladi — uning evaziga smartfon yoki HUMANS.uz ilovasida boshqa tovarlar va xizmatlarni xarid qilish mumkin boʻladi.


Bizni tanlaganingiz uchun rahmat!