Hamkorlik dasturlari Humans

Keling, birga o’saylik!

Humans jadal rivojlanmoqda va mijozlar bazasini faol kengaytirib bormoqda. Ishonchli hamkorlar bilan esa yanada tezroq rivojlanishimizga ishonamiz. Bizning brendimiz va xizmatlarimizni odamlarga taqdim etadigan kishilar bilan ruhan yaqin bo’lishimiz va birgalikda o'sishimiz muhimdir. Shuning uchun biz barcha jarayonlarda ishtirok etamiz va hamkorlarimizni barcha bosqichlarda qo'llab-quvvatlaymiz. Bu nafaqat texnik qo'llab-quvvatlash va o’rgatish, balki insoniy munosabatdir.

Biz hamkorlarimiz bilan
insoniy munosabatlar o'rnatamiz

Savdo hamkorligi haqida

Agar sizda allaqachon o'z auditoriyangiz bo'lsa, biz odamlarni birgalikda baxtli qilishni taklif etamiz. Agarda bizning savdo hamkorimiz bo'lishga tayyor bo'lsangiz, mijozlar oqimini va savdoingizni oshirishimiz mumkin.

Dilerlik haqida

Humans bilan birgalikda siz SIM-kartalar va bank kartalarini tarqatish orqali pul ishlashingiz mumkin. Agar bizning brendimiz ostida savdo nuqtasini ochishga tayyor bo'lsangiz va savdo-sotiqni tashkil qilish tajribasiga ega bo'lsangiz, biz sizga tez o'sishga yordam beramiz.