Aloqa, komissiyasiz o'tkazmalar, bank kartasi, xaridlar, keshbek | HUMANS. Aqllilar ilovasi.

HUMANS hisobni endi Alif ilovasida to'ldirish mumkin

Yangiliklar

HUMANS hisobni endi Alif ilovasida to'ldirish mumkin

HUMANS abonentlari hisobni to'ldirishning yana bir oddiy va qulay usulidan foydalanishlari mumkin. U doimo aloqada qolishga yordam beradi.. 

  1. Alif ilovasiga kirib, "To'lov" bo'limiga o'tish kerak. 
  2. "Mobil aloqa" toifasi tanlanadi
  3. Hisobni to'ldirish uchun "HUMANS" belgisi bosiladi

alif media banner 600 400

cjm uz

«Biz doim mijozlik tajribasini yaxshilash usullarini izlaymiz, va Alif bilan hamkorlik - buning ajoyib misoli. Endi Humans hisobini to'ldirish yanada oson bo'ldi, bu bizning abonentlarga ortiqcha urinishlarsiz har doim aloqada qolishga imkon beradi. Biz raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatini rivojlantirish va mijozlarning eng yaxshi tajribasini yaratishga intilishimizni qo’llab-quvvatlaydigan hamkorlar bilan ishlashdan mamnunmiz», — deya izohladi Payments & Transfers Humans mahsuloti bo’yicha direktor Aleksey Nagovitsyn.

«Biz uchun har bir Alif foydalanuvchisi ilovada kerakli xizmatlar uchun tez va bir nechta tugmani bosib, toʻlashi muhim. Umid qilamizki, mobil aloqa uchun to'lov jarayoni Humans abonentlari uchun yanada sodda va qulayroq bo'ladi», — deya izoh qoldirdi Abdurahmon Abdurashidov, Alif Uzbekistan boshqaruvchi direktori.

Humans ilovasini ushbu havola orqali yuklab olish mumkin.

Alif ilovasini ushbu havola orqali yuklab olish mumkin.