Aloqa, komissiyasiz o'tkazmalar, bank kartasi, xaridlar, keshbek | HUMANS Borku. Bemalol Aloqada.

2022-yilning 1-yarmi uchun Humans'ning moliyaviy va operatsion natijalari

Chegirmalar

2022-yilning 1-yarmi uchun Humans'ning moliyaviy va operatsion natijalari

Humans  kompaniyalar guruhining boshqaruv hisobotlarida 2022 yilning 1-yarim yillik davri uchun taqdim etilgan moliyaviy va operatsion ko'rsatkichlarni oshkor qildi. Fintex-xizmat, aloqa operatori xizmatlari va marketpleysni birlashtirgan Superapp O'zbekiston bozoriga pandemiya boshlanishida kirib keldi, ammo o'tgan yil davomida Humans qamrovi sezilarli darajada oshdi. Shu tariqa, 2022-yilning birinchi yarmida kompaniyalar guruhining dollar ekvivalentida daromadi $14,7 millionni tashkil etdi  —  2021-yilning birinchi yarmiga nisbatan o'sish 57% ni tashkil etdi. 2022-yil 30-iyunga kelib, faol foydalanuvchilar soni 2 mln. nafardan oshdi. Taqqoslash uchun – O’zbekiston aholisi 34,5 millionni tashkil qiladi. Shu tariqa loyiha ishga tushirilganidan buyon, atigi ikki yil ichida, Humans mamlakat aholisining deyarli 6%ni qamrab olishga muvaffaq bo’ldi. 

Humans'ning fintex xizmatlari O’zbekistonda sezilarli talabga ega bo’ldi. 2022-yil 30-iyunga kelib, Humans VISA faollashtirilgan bank kartalari, shu jumladan plastik va virtual kartalarning umumiy soni 750 mingtani tashkil qildi. 2022-yilning o‘zida yanvardan iyunga qadar 253 mingta Humans VISA bank kartasi faollashtirildi, bu ko’rsatkich 2021-yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan 62% ga ziyod. Bu natijani Visa’da ham qayd etishdi, ustiga-ustak o’tgan yilning oxirida – to’lov tizimi Humans kompaniyasiga “Emissiya sezilarli darajada o‘sganligi uchun” mukofot bilan taqdirladi.

results uz s

2022-yilning dastlabki olti oyi davomida Humans VISA kartalari bo’yicha tranzaksiya miqdorining o’sishi 2021-yilning birinchi yarim yilligiga qaraganda 364% ni tashkil qildi. Mobil ilovada tranzaksiya hajmi ham o’sdi – masalan, o’tgan yarim yillikda Humans foydalanuvchilarining C2C–o’tkazmalar summasi 254,5 milliard so’m yoki $23,5 mln.ni tashkil qildi. 2021-yildagi xuddi shu davrga nisbatan o’sish 722% ni tashkil qildi. Va bu xorijiy o’tkazmalarni hisobga olmaganda. 

Humans'da mijozlar superilovalarda ikki yoki undan ortiq xizmatlardan tez-tez foydalana boshlashgani qayd etildi: bunday foydalanuvchilar miqdori 2022-yilning dastlabki yarim yilligi hamda 2021-yilning shu davridagi raqamlar bilan qiyoslaganda 193% ga o’sdi. Eng yuqori talabga ega eng ommalashgan xizmatlardan biri bu marketpleys orqali xaridlardir. Unda Humans foydalanuvchilari 2022-yilning birinchi yarim yilligida 134 milliard so’m sarfladilar – bu taxminan $12,4 millionni tashkil qiladi. Qizig‘i, 2022-yilning birinchi yarim yilligida bu xarajatlar UZSda 2021-yilning xuddi shu davriga nisbatan 758% ga oshdi.

ecosystem uz s

Humans mijozlari mobil aloqa, internet yoki qo’shimcha xizmatlar to’lovi uchun sarflashga keshbek ishlab topishmoqda. O’tgan yarim yilning o’zida foydalanuvchilar 23 milliard bonus so’m oldilar, bu $2,1 millionga teng. Agar 2021-yilning aynan shu davri bilan qiyoslaydigan bo’lsak, ishlab topilgan keshbek summasining o’sishi 82% ni tashkil qilgan. 

 "O‘zbekiston raqamli mahsulotlarni ishga tushirish uchun katta potensialga ega ekanligini tushungandik — natijada adashmadik. Humans strategiyasi o‘zini oqladi, o‘sish sur'ati bunga ishonchli dalil bo‘la oladi, — deya izohlaydi Humans Group asoschisi va bosh direktori Vladimir Dobrinin.

Humans kompaniyasining bosh vazifalaridan biri – zamonaviy raqamli xizmatlarni har bir inson uchun qulay qilish. Biz xizmatimiz butun mamlakat bo’ylab keng ko’lamli kirib borishini ta’minlashni va O’zbekistonda raqamli tengsizlikni qisqartirishni istaymiz. Hozir biz iste’molchilarning odatlari qanday o’zgarayotgani va yangi raqamli ko’nikmalar shakllanayotganini ko’rib turibmiz. Biz O’zbekistonning yangi raqamli iqtisodiyotini qurish uchun fintex xizmatlarga ehtiyoj mavjudligi va internet-foydalanuvchilar sonini orttirish muhimligiga aminmiz. Hatto o’sish ko’rsatkichlarimiz ham Humans bu jarayonlar drayverlaridan biri sifatida kelganini isbotlamoqda”.