Pul, aloqa, xaridlar – barchasi bir ilovada | Humans.uz

Humans VISA bilan safarlar 30% arzonroq

Yangiliklar

Humans VISA bilan safarlar 30% arzonroq

2021-yil 28-sentabrdan 20-noyabrgacha Humans VISA foydalanuvchilari poyxtaxtimizning metro va avtobuslarida harakatlanish uchun 30% chegirma oladilar. Yo’l haqini to’lashda chegirma olish uchun bizning kartamiz orqali kontaktsiz to’lov bilan to’lovni amalga oshirish kerak.

Humans VISA plastik kartasidan qanday qilib yo’l haqini to’lash mumkin?

  1. Humans VISA’ni HUMANS.uz ilovasida faollashtirganingizga ishonch hosil qiling. Agar HUMANS.uz ilovasida karta sozlamalarida CVC-kod va kartaning boshqa ma’lumotlari ko’rinayotgan bo’lsa, demak karta faollashtirilgan;
  2. Humans’dagi hisobingizni to‘ldiring (agar zarur bo‘lsa);
  3. Kartaning xavfsizlik sozlamalarida to’lovlarga ruxsat bering;
  4. Humans VISA kartasini avtobus yoki metroda validatorga tekkizing.